📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari N.Xaitqulov va B.Baxovadinov tomonidan “Darxan” MFY raisi bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
🖊O‘rganish davomida “Darxan” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati uning yashash manzilida bevosita o‘rganilib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli holatlar ko‘zdan kechirildi hamda fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi.
🖋Fuqaroning murojaati deputatning “Ko‘chama-ko‘cha fuqarolar murojaatlarini o‘rganish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etildi.
📖Murojaatda ko‘tarilgan masalani qonuniy va ijobiy hal etish maqsadida u deputatlik nazoratiga olindi.
📌Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!