Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Ilk rivojlanish markazi faoliyati o‘rganildi

Hududlarda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tahlil qilish hamda qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash masalalari Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlarining doimiy e’tiborida.

Navbatdagi o‘rganish 1-Uvaysiy saylov okrugi hududidagi “Uvaysiy” MFYda joylashgan Maktabgacha ta’lim ilk rivojlanish markazida davom ettirildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

Markaz direktori Sh.Jalilova bilan suhbat davomida muassasaning faoliyat yo‘nalishlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda mavjud ehtiyojlar haqida ma’lumot olindi.

Mazkur markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunlar, boshqa qonunchilik hujjatlari, davlat talablari hamda davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiradi.

Markazning asosiy maqsadi bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.

O‘rganish davomida markazda hozirda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 25 nafar tarbiyalanuvchi uchun ta’lim-tarbiya jarayoni yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Ular bilan bir nafar tarbiyachi va bir nafar tarbiyachi yordamchisi faoliyat olib bormoqda.

Markazning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olinmagan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning maktab ta’limiga tayyorgarligini shakllantirish, yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlantirishdan iborat.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida markaz faoliyatini yanada rivojlantirish va tarbiyalanuvchilar sonini ko‘paytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Markaz direktori Sh.Jalilova hududdagi ota-onalar va bolalarni markazga yanada kengroq jalb etishda amaliy ko‘mak zarurligini bildirdi.

Mazkur murojaat deputatlar tomonidan qayd etilib, maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, markazning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish va aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning amaliy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi. Bunday o‘rganishlar hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6