Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
#24_ta_tavsiya #deputat faoliyati

Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagi muhim yoʻnalishlarga qaratildi:
“Ayollar daftari” bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar:
Roʻyxatda turgan xotin-qizlarga manzilli yordam koʻrsatish va ularni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash darajasi;
Mahalla xotin-qizlarini doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlash, ularni kasanachilik va hunarmandchilikka jalb etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar;
Mahalla hududidagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash, nizoli holatlarning oldini olish hamda xotin-qizlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlari.

Oʻrganish yakunida deputat Oybek Qurolboyev mahalla xotin-qizlar faoliga amaldagi tizimli ishlarni yanada jadallashtirish, xotin-qizlar muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar va amaliy koʻrsatmalar berdi.
Kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga kiritilib, ijro nazoratiga olindi.

📌 Maqsad bitta: Mahalladagi har bir xotin-qizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash hamda har bir xonadonga barqaror va farovon muhit olib kirish!

Slide 1 of 3