Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
#jarayon #deputat_faoliyati

Olmaliq shahrida aholi uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, mahalla institutining samaradorligini oshirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
"Usmon Nosir" mahallasi binosida keng ko‘lamli yangidan qurish va rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilib, maskan mutlaqo yangi, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov ushbu mahallaga tashrif buyurib, amalga oshirilgan bino va inshootlardagi qurilish-ta'mirlash ishlarining sifatini atroflicha o‘rgandi.
Shuningdek, deputat tomonidan:
👷‍♂️ "Mahalla yettiligi" xodimlari uchun yaratilgan texnik sharoitlar;
🤝 Fuqarolarni qabul qilish, ularning murojaatlari bilan ishlash uchun qulayliklar;
💻 Zamonaviy axborot texnologiyalari va zarur mebellar bilan ta'minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Bino va undagi yaratilgan sharoitlar aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda "mahallabay" ishlash tizimini yanada samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5