Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L. Muminova L. Mo‘minova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Vorsin mahallasidagi 59-sonli maktabda amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori asosida 4 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi, sport zali va 50 o‘rinli oshxona barpo etildi.
Qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, obyekt yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilgan.
Mazkur masala navbatdagi Kengash sessiyasida tegishli mas’ul rahbar hisoboti doirasida ko‘rib chiqiladi. Obyektning foydalanishga topshirilishi deputatlik nazoratida.