Maktab savdo yarmarkasi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati R. Ismoilova tomonidan Qo‘shko‘pir kanselyariya markazi kitob do‘koniga qarashli maktab savdo yarmarkasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, yarmarkada o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan maktab jihozlari, o‘quv qurollari, kanselyariya mahsulotlari hamda boshqa zarur tovarlarning yetarli darajada mavjudligi, ularning sifati va narxlari holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholining, ayniqsa, ota-onalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lishi, ijtimoiy ahamiyatga ega maktab mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, savdo madaniyati va xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan tegishli holatlar o‘rganildi.
Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishda aholi manfaatlarini himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash hamda savdo shoxobchalarida narx-navoning barqarorligini nazorat qilish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.