✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga O‘royelpoq mahallasi Cho‘bot qishlog‘idan murojaat qilgan Shahri Soatovning masalasi o‘rganildi. Kengash kotibiyati mutaxassisi Gulshoda Rajabova fuqaro bilan suhbatlashib, murojaat mazmunini batafsil tingladi.
✅Murojaatda xonadon oldidagi eski yog‘och simyog‘och yaroqsiz holga kelgani sababli uni yangi ustunga almashtirish so‘ralgan. Mazkur masala tegishli tashkilot rahbarlari bilan kelishilgan holda 10 kun muddatda ijobiy hal etilishi belgilandi.