35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI O‘RGANILDI Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati S. Konkelov o‘z saylov hududida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi jarayoni bilan tanishdi.Tashrif davomida yarmarkada ish izlovchilar uchun taqdim etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar hamda fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.Shuningdek, ish beruvchilar va fuqarolar o‘rtasidagi muloqot jarayoni, aholini bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL QILINMOQDA! Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati Tug‘ilova Gulnoz Ilyozovna tomonidan G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M–39 xalqaro avtomobil yo‘lida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan. Mazkur so‘rov asosida: 🔹 piyodalar uchun xavf-xatarsiz joylarga metall to‘siqlar o‘rnatilmoqda; 🔹 yo‘l bo‘yi xavfsizlik infratuzilmasi yaxshilanmoqda; 🔹 piyodalar xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda; 🔹 aholi murojaatlari va tashabbuslari ijobiy yechim topmoqda. 🚸 Xavfsiz yo‘llar — yorqin kelajak uchun!
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati B. Adilov tuman hokimining o‘rinbosarlari hamrohligida Madaniyat mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida Madaniyat mahallasi binosi qurilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkonini yaratishga mo‘ljallangan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan birgalikda qurilish ishlarining borishi, ularning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi hamda obyektlarni sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
янв.21
E’TIROF!
янв.21
E’TIROF!
янв.21
E’TIROF!
янв.21
E’TIROF!
янв.21
E’TIROF!
янв.21
E’TIROF!
янв.21
E’TIROF!
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 15-“Shirin” okrugi deputati Ekologiya partiyasi a’zosi M.Xoliqova va kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-sonli DMTda kuz-qiz mavsumida isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishda DMT mudirasi F.Komilova va xo‘jalik ishlari mudiri G.Abduolieva ishtirok etdi. Tashkilotda 2 ta isitish qozonlar mavjud bo‘lib, to‘liq soz hoatga keltirilgan. Bino ichidagi issiqlik tizimi ham soh holatda
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari qo‘shimcha ravishda 1 ta generator ham mavjud. Biroq, o‘t o‘chirgichni qayta zaryadlashga ehtiyoj mavjud bo‘lib, ushbu tadbirni markazlashgan holda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
orqali shartnoma asosida amalga oshirish zarur. Ushbu yo‘nalishda shahar M va MTBga murojaat etildi va ijrosi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4