35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligining faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL QILINMOQDA Baxt mahallasidagi aholi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qadirdonlar ko‘chasining yo‘l holatini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi. Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashining 64-ds-306-26-son deputat so‘rovi yuborildi.Deputat Mamirov Odilboy Norbayevich tomonidan bildirilgan murojaat asosida Qadirdonlar ko‘chasida yo‘lni tartibga keltirish va shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.Ayni paytda hududda maxsus texnika jalb etilib, yo‘lni tekislash hamda foydalanishga qulay holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL QILINMOQDA Samarqand mahallasidagi aholi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Zilol ko‘chasining yo‘l holatini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi.Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashining 66-ds-306-26-son deputat so‘rovi yuborilgan.Deputat Sulaymonov Anvar Abdaliyevich tomonidan bildirilgan murojaat asosida Zilol ko‘chasiga shag‘al yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.Ayni vaqtda ko‘chada yo‘lni shag‘allashtirish ishlari olib borilib, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz yo‘l sharoitini yaratishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL QILINMOQDA Olimlar mahallasidagi aholi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda R. Xo‘jamqulov ko‘chasining yo‘l holatini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi.Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashining 68-ds-306-26-son deputat so‘rovi yuborildi.Deputat Mamirov Odilboy Norbayevich tomonidan bildirilgan murojaat asosida R. Xo‘jamqulov ko‘chasiga shag‘al yotqizish va yo‘lni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.Ayni paytda hududda maxsus texnika jalb etilib, yo‘lni tekislash va shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
янв.21
BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI O‘RGANILDI Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati S. Konkelov o‘z saylov hududida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi jarayoni bilan tanishdi.Tashrif davomida yarmarkada ish izlovchilar uchun taqdim etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar hamda fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.Shuningdek, ish beruvchilar va fuqarolar o‘rtasidagi muloqot jarayoni, aholini bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL QILINMOQDA! Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati Tug‘ilova Gulnoz Ilyozovna tomonidan G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M–39 xalqaro avtomobil yo‘lida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan. Mazkur so‘rov asosida: 🔹 piyodalar uchun xavf-xatarsiz joylarga metall to‘siqlar o‘rnatilmoqda; 🔹 yo‘l bo‘yi xavfsizlik infratuzilmasi yaxshilanmoqda; 🔹 piyodalar xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda; 🔹 aholi murojaatlari va tashabbuslari ijobiy yechim topmoqda. 🚸 Xavfsiz yo‘llar — yorqin kelajak uchun!
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati B. Adilov tuman hokimining o‘rinbosarlari hamrohligida Madaniyat mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida Madaniyat mahallasi binosi qurilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkonini yaratishga mo‘ljallangan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan birgalikda qurilish ishlarining borishi, ularning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi hamda obyektlarni sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
янв.21
E’TIROF!
янв.21
E’TIROF!
янв.21
E’TIROF!
Avtomobil yo‘llardagi tirbandliklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev hamda Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan tuman hududida avtomobil yo‘llaridagi harakat xavfsizligi, yuzaga kelayotgan tirbandliklar hamda yo‘l infratuzilmasining belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganildi.

🔺O‘rganishlar davomida ayrim avtomobil yo‘llarida, ayniqsa aholi gavjum bo‘lgan hududlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari yaqinida transport vositalari harakati zichlashib, tirbandliklar yuzaga kelayotgani kuzatildi. Bunday holatlarning kelib chiqish sabablari, transport vositalarining belgilanmagan joylarda to‘xtashi va avtoturargohlardan foydalanish tartibiga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan piyodalar o‘tish joylarining qonuniyligi va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘rib chiqildi. Piyodalar o‘tish joylarida tegishli yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va boshqa zarur belgilarning mavjudligi, ularning ko‘rinishi hamda harakat ishtirokchilari uchun qulayligi o‘rganildi.

🔺Avtoturargohlardagi harakatlar ham alohida nazoratga olinib, transport vositalarining kirish-chiqishi, belgilangan tartibda joylashtirilishi va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligi masalalariga e’tibor qaratildi. Avtoturargohlardan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3