Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi

 Navbatdagi o‘rganish Qo‘qonboy qishlog‘idagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi. Maktab direktori Shohistaxon Sattorova tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 

Mas’ullar tomonidan mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, maktabning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, hududni obodonlashtirish va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay ta’lim muhitini yaratish, shuningdek belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan masalalarni nazoratga olish hamda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2