Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati B.Bekmurodovlar tomonidan tuman hududida sanitariya va obodonlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi “Toza hudud” tashkilotining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida tashkilot tomonidan aholi yashash maskanlari, ko‘chalar va jamoat joylarida tozalikni ta’minlash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati, maxsus texnikalarning holati va aholiga yaratilayotgan qulayliklar tahlil qilinib, soha samaradorligini yana-da oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur o‘rganishlar aholi uchun toza va ozoda muhit yaratish, sanitariya holatini yaxshilash hamda hududlarning obod qiyofasini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3