Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi asosida deputatlik nazorati doirasida, yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri X.Berdiyarova hamda tuman Kengashi deputatlari X.Jo‘raxolov va X.Shayimova tomonidan tumandagi 1-son texnikumda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida texnikumning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, o‘quv xonalari va amaliyot ustaxonalarining holati hamda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025–2026-yil o‘quv yilida Boyovut 1-son texnikumida jami 466 nafar o‘quvchi tahsil olgan. Mazkur o‘quv yilida 8 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha jami 240 nafar o‘quvchi mutaxassisliklarga ega bo‘ldi.

Jumladan,
💎 apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi yo‘nalishi bo‘yicha 54 nafar;
💎 traktorchi-mashinist yo‘nalishi bo‘yicha 28 nafar;
💎 tikuvchi yo‘nalishi bo‘yicha 27 nafar;
💎 elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha 26 nafar;
💎 payvandlovchi yo‘nalishi bo‘yicha 25 nafar;
💎 avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha 52 nafar hamda melioratsiya texnikasi operatori yo‘nalishi bo‘yicha 27 nafar o‘quvchi mutaxassisliklarga ega bo‘ldi.

2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumga 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 247 nafar o‘quvchi qabul qilingan. Shuningdek, 2-bosqichda 219 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ta’lim muassasasida jami 18 ta guruh mavjud.

Texnikumda jami 44 nafar pedagog xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 29 nafari asosiy, 11 nafari ichki o‘rindosh, 1 nafari tashqi o‘rindosh hamda 15 nafari ishlab chiqarish ta’lim ustalaridan iborat.

Yangi o‘quv yilida texnikumda 18 ta asosiy o‘quv xonasi va 8 ta o‘quv-amaliyot ustaxonasi faoliyat yuritishi belgilangan bo‘lib, mazkur xonalar va ustaxonalarning barchasi yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilgan. Xususan, informatika xonalaridagi kompyuter jihozlarining holati, ularning o‘quvchilar uchun yetarliligi, shuningdek, o‘quv xonalarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida texnikumning yotoqxona binosi ta’mirtalab holatda ekani, shuningdek, o‘quv-amaliyot ustaxonasining 2 ta binosi ta’mirlashga muhtojligi qayd etildi.

Shu bilan birga, texnikum hududidagi yer maydonlarida obodonlashtirish ishlari boshlangan hamda yerlar kuzgi ekinlarni ekishga tayyorlangan. Biroq, oqava suv mavjud emasligi sababli mazkur yo‘nalishdagi ayrim ishlar ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan.

Slide 1 of 10