Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Talabaning murojaati amaliy yordam bilan qo‘llab-quvvatlanadi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Hamroyevga Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabasi Asadov Abbos Shamsuddinovich kontrakt to‘lovini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qildi.
📌Deputat murojaatni o‘rganish jarayonida talabaning ta’lim olish sharoiti, oilaviy holati hamda kontrakt to‘lovini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi. Murojaatchiga amaldagi tartib-taomillar asosida mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📌Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarini hal etishga ko‘maklashishdan iborat.
📌Shu kabi murojaatlarning amaliy yechim topishi yoshlarning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim аҳамият kasb etadi.

Slide 1 of 3