35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S. Ishimova tomonidan hududda aholi bilan ochiq muloqotlar olib borilib, fuqarolarning taklif va muammolarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov tomonidan tumandagi Olimlar mahallasida joylashgan “Aleya” bog‘i o‘rganildi.
янв.21
Deputat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish jarayoni bilan tanishdi
янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari kadastr sohasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Mirzabuloq mahallasidagi 2-sonli sport maktab binosi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Guliston mahallasidagi 57-sonli maktab
янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar sifati ko‘zdan kechirildi
“Qizil” hududda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.Mirabdullayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan mahalla raisi O.Nurmetov ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Bo‘stonliq tumanida jinoyatchilikni oldini olish va mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida 2026-yilning ikkinchi choragi yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tumanning ”Do‘stlik” hududida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi jinoyatchilik holati, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligi, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik, aholi bilan profilaktik ishlar hamda xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning ikkinchi choragi davomida mazkur mahallada qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, oilaviy zo‘ravonlik hamda jinsiy jinoyat sodir etilgan. Ushbu holatlar mahalladagi kriminogen vaziyatning murakkablashishiga sabab bo‘lib, mahalla "qizil" toifadagi hudud sifatida belgilangan.

O‘rganish jarayonida, notinch oilalar, ijtimoiy xavf guruhiga mansub shaxslar, muqaddam sudlangan fuqarolar, spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qiluvchilar hamda tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan manzilli ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, oilaviy nizolarni erta aniqlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kengaytirish hamda mahallada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Jamoat joylari hamda xonadonlarda fuqarolar xavfsizligi ta’minlash maqsadida aholi gavjum joylar va ovloq hududlarga jami 24 ta kuzatuv kameralari hamda ko‘p qavatli uy-joylarga 4 ta tashvish tugmalari o‘rnatilganligi, shuningdek, yangi qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarga domofonlar o‘rnatila boshlanganligi aniqlandi.

Deputatlar tomonlaridan "qizil" toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikni qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amaliy choralarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etilib, o‘rganish davomida to‘plangan ma’lumotlar umumlashtirilib, navbatdagi sessiya muhokamasidagi masala taklif va mulohazalar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 7