35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari kadastr sohasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Mirzabuloq mahallasidagi 2-sonli sport maktab binosi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Guliston mahallasidagi 57-sonli maktab
янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Gʻallaorol tumanida soliq tushumlari va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
OLIMLAR MAHALLASIDAGI PARK-ALLEYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Doimiy komissiyalar hamda Yoshlar maslahat guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Doimiy komissiyalar hamda Yoshlar maslahat guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 9-iyundagi VII-8-69-8-113-K/25-sonli qarori asosida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda 2025-yil 25-apreldagi VII-8-54-8-113-K/25-sonli qarori asosida tashkil etilgan Ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdilar. Yig‘ilish davomida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ–102-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan guruh faoliyati doirasida, shuningdek, Ekspert guruhi a’zolari xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 25-apreldagi VII-8-54-8-113-K/25-sonli qarori asosida o‘z vakolatlari doirasida kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarining taklif va tavsiyalari bilan faol ishtirok etdilar.Mazkur yig‘ilish 3 soatdan ortiq davom etib, soat 09:00 da boshlanib 12:00 ga qadar davom etdi. Shu vaqt mobaynida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, ishtirokchilar tomonidan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo‘limi rahbarining Qiziriq tumanida yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. Hisobotda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Ikkinchi masala bo‘yicha tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi rahbari Qurbonnazarov Xayrulla Xushvaqtovichning tumanda sanitariya-epidemiologik holat, aholi iste’moli uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash, sifatsiz hamda belgilangan talablarga javob bermaydigan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va realizatsiyasining oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Shuningdek, uchinchi masala yuzasidan Qiziriq tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish tizimining samaradorligi to‘g‘risida, to‘rtinchi masala yuzasidan esa tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.N. Abdurasulovning maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, pedagoglarning kasbiy mahoratini hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

Yig‘ilish kun tartibidagi yakuniy masala bo‘yicha Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limining "Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati" yo‘nalishida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Hisobot va axborotlar yuzasidan doimiy komissiyalar a’zolari, Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilinib, ularni xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
Slide 1 of 18