35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari kadastr sohasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Mirzabuloq mahallasidagi 2-sonli sport maktab binosi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Guliston mahallasidagi 57-sonli maktab
янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Gʻallaorol tumanida soliq tushumlari va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
OLIMLAR MAHALLASIDAGI PARK-ALLEYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
📌 Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, "Saidlar" saylov okrugidan saylangan deputat N. Qurbonova tomonidan o‘z saylov okrugidagi Saidlar mahallasi hokim yordamchisining xizmat faoliyati samaradorligi hamda yuklatilgan vazifalarning ijro etilish holati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash hamda aholi bandligi va tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1