Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Gʻallaorol tumanida soliq tushumlari va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
OLIMLAR MAHALLASIDAGI PARK-ALLEYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
"Surxon sohili" mahallasida mahalla vakillari faoliyati tahlil qilindi
Mazkur o‘rganish jarayonlari quyidagi muhim normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni;

🟢Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori;

🟢Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari.

💬Tashrif davomida deputat va mutaxassis mahalladagi ikki bo‘g‘in — Mahalla raisi hamda Xotin-qizlar faolining ish samaradorligini atroflicha ko‘rib chiqdilar:

🔵Mahalla raisi faoliyati tahlili (PF-116 doirasida):

🟢Yangi Farmon talablaridan kelib chiqib, mahalla raisining "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirish borasidagi ishi o‘rganildi.

🟢Aholi murojaatlari bilan ishlash, muammolarni "xonadonbay" aniqlash va hal etish tizimi;

🟢Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va faollar o‘rtasidagi jamoaviy hamkorlik mexanizmlari samaradorligi baholandi.

💬Xotin-qizlar faoli faoliyati tahlili (O‘RQ-561 doirasida):

🟢Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi OʻRQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida xotin-qizlar faolining ish jarayoni tahlil qilindi:

🟢Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Mahallada tazyiqqa uchragan ayollarni erta aniqlash va ularga "Himoya orderi" berishda profilaktika inspektori bilan hamkorlik darajasi;

🟢Nizoli oilalar bilan ishlash: Ajrim yoqasiga kelib qolgan va muammoli xonadonlar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni yumshatish choralari;

🟢Ijtimoiy ko‘mak: "Ayollar daftari"da turgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sifati.

💬"Prezidentimizning PF-116-sonli Farmoni mahalla boshqaruviga yangicha mas'uliyat yukladi. Mahalla raisi boshchiligida xotin-qizlar faoli har bir xonadonning ichki muhitidan xabardor bo'lishi shart. Mahallamizda birorta ham ayol o‘zini himoyasiz his qilmasligi, oilalardagi kelishmovchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilishi lozim. Bu borada qonun ustuvorligini ta'minlash deputatlik nazoratimiz ostida bo'ladi," — deya ta'kidladi deputat.
Slide 1 of 3