Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
Sazag‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Mahammadieva tomonidan
16-Sazag‘on saylov okrugida joylashgan Sazag‘on mahallasida mahalla profilaktika inspektorining O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

✏️O‘rganish jarayonida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, notinch oilalar bilan ishlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

➡️Shuningdek, qonun ijrosi holatini o‘rganish maqsadida fuqarolar, mahalla faollari va mutasaddi tashkilot vakillari o‘rtasida maxsus savolnomalar o‘tkazildi. Savolnomalar orqali aholi tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samaradorligi, profilaktika inspektori faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar o‘rganildi.

🔘O‘rganish davomida:

🔘 mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
🔘 profilaktika inspektorining aholi bilan ishlash samaradorligi;
🔘 ijtimoiy-ma’naviy muhitning holati;
🔘 yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar;
🔘 fuqarolarning qonunchilikka oid xabardorlik darajasi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar yig‘ildi.

➡️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan G.Mahammadieva tomonidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan joylarda qonunlar ijrosini o‘rganish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4