Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
Aholi manfaatlari yo‘lida huquqiy hamkorlik

📌 Aholi manfaatlari yo‘lida huquqiy hamkorlik

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova, bosh mutaxassisi N.Abraxmatov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyeva hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti huzuridagi huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Boysunov ishtirokida huquqiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishida hamkorlik uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Muloqot davomida aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarga turli huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat va amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinayotgani, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✨ Uchrashuvda mahallalarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, sayyor qabullar orqali fuqarolar muammolarini o‘rganish, aholiga qonunchilikdagi yangiliklarni tushuntirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.