Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 15-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputati U.Xudoyqulov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muhokamalar olib borilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
➡️ Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish hamda saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.