Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
deputat faoliyatidan

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohada huquqiy kafolatlarni ta’minlash maqsadida qabul qilingan “Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash Kengash deputatlarining ham doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

Xususan, bugun Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashidagi 19-sonli saylov okrugi deputati, O‘zLiDeP partiyasi deputatlik guruhi a’zosi Shoira To‘laganova mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan aniqlanib, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning yashash sharoitlarini atroflicha o‘rgandi.

Ushbu xonadon vakillari bilan kechgan samimiy suhbatlar davomida deputat davlatimiz tomonidan aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va qonunchilikdagi yengilliklar xususida batafsil ma’lumotlar berdi.

Shu bilan birga, fuqarolarni qiynayotgan mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olindi. 

Slide 1 of 2