Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Gʻallaorol tumanida soliq tushumlari va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
OLIMLAR MAHALLASIDAGI PARK-ALLEYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
Sho‘rsoy mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

 Sho‘rsoy mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

✅ Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Y.Murodov tomonidan Sho‘rsoy mahallasida faoliyat olib borayotgan deputat S.Bahoviddinovning aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyati hamda murojaatlarni ro‘yxatga olish daftarini yuritish holati o‘rganildi.

✅O‘rganish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ijrosini ta’minlash va natijalari bo‘yicha murojaatchilarga javob berish amaliyoti tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlarning mazmuni, ularni hal etish choralari hamda nazorat ishlarining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Murojaatlarni ro‘yxatga olish daftaridagi ma’lumotlarning to‘liqligi va yuritilish tartibi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3