Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
84-sonli maktabdagi qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati N.Mamarasulova tomonidan Yashnaobod mahallasi fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda kelib tushgan murojaatlar asosida mahalla hududida maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

2026-yil 22-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 11-Guliston saylov okrugi hududidagi “Ishchilar” mahallasi aholisi muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Ishchilar” MFY, Paxtaobod ko‘chasi 2-uyda yashovchi To‘xtaxon Mahmudovaning xonadoniga tashrif buyurilib, yashash sharoiti bilan tanishildi. Aniqlanishicha, fuqaro 2-guruh nogironi bo‘lgan farzandi bilan birga istiqomat qilib kelmoqda hamda hovli joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialiga fuqaroning murojaatini uning ishtirokida o‘rganib chiqish, belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha 10 kun muddat ichida yozma ravishda javob xati taqdim etish so‘raldi.

Aholi murojaatlari va ijtimoiy muammolar deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 2