Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
84-sonli maktabdagi qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati N.Mamarasulova tomonidan Yashnaobod mahallasi fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda kelib tushgan murojaatlar asosida mahalla hududida maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari dasturlar ijrosini o‘rganishda ishtirok etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov Buloqboshi MFYda bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S. Ishimova Lalmikor MFYdagi 18-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Deputat mahalladagi ijtimoiy hodim faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish — doimiy e’tiborda
янв.21
Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 Andijon shahrida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish hamda deputatlik nazoratini olib borish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Aholi muammolarini o‘rganish vaqtida Andijon shahar “Xursandlik” mahalla fuqarolar yig‘inida 5060 nafar fuqaro, 711 ta xonadon va 1410 ta oila borligi aniqlandi. Hozirda ushbu mahallaning bir qismiga suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilgan bo‘lsa-da, bir qismiga 80 kundan buyon berilmayotganligini fuqarolar bildirishmoqda.

Mazkur holat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali Andijon shahar gaz bo‘limidan aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida ushbu muammoni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan 10 kunlik muddatda fotorasmlari bilan birga ma’lumot taqdim etish so‘raldi.