Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova tomonidan “Mehrjon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Egamova Fotimaning murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv davomida fuqaro tomonidan bildirilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.