Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Gʻallaorol tumanida soliq tushumlari va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
OLIMLAR MAHALLASIDAGI PARK-ALLEYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Nasriyev Badriddin tomonidan 84-ds-383-26-sonli deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅ Samarqand shahar “Xo‘jaqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida maktab qurish masalasi yuzasidan fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

✅ Mahallada 924 ta xonadon, 1250 ta oila va 3990 nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Shundan 823 nafari maktab yoshidagi bolalarni tashkil etadi. Hududda umumta’lim maktabi mavjud emasligi sababli o‘quvchilar yondosh mahallalardagi ta’lim muassasalariga qatnab kelmoqda.

👍 Xususan, “Qo‘rg‘oncha” MFYdagi 40-maktabga 250 nafar, “Ma’rifat” MFYdagi 11-maktabga 110 nafar, “Azizon” MFYdagi 67-maktabga 50 nafar hamda 300 nafardan ortiq o‘quvchilar shahar markazidagi maktablarga qatnamoqda.

👍 Maktablar masofasining 1,5–2,5 km uzoqlikda joylashgani hamda o‘quvchilarning temir yo‘lni kesib o‘tishga majbur bo‘layotgani ularning xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Bundan tashqari, hududda jamoat transporti qatnovining yo‘qligi ham o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

👍 Mahalla hududida 80 sotix bo‘sh yer maydoni mavjud bo‘lib, aholi ushbu hududda zamonaviy maktab qurishni talab qilmoqda.

👍 Mazkur holatlar inobatga olinib, deputat tomonidan mutasaddi boshqarmaga rasmiy so‘rov yuborilib, hududda umumta’lim maktabi qurilishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

✅ Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan. Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1