Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari kadastr sohasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Mirzabuloq mahallasidagi 2-sonli sport maktab binosi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Guliston mahallasidagi 57-sonli maktab
янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Gʻallaorol tumanida soliq tushumlari va xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
OLIMLAR MAHALLASIDAGI PARK-ALLEYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
TOMORQA XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH VA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Murodova tumandagi Qo‘rg‘oncha mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish hamda o‘rganish ishlarini olib bordi.

⭐️ Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-681-son) mazmun-mohiyati fuqarolarga keng tushuntirildi.

📍Ta’kidlanganidek, mazkur qonunning asosiy maqsadi fuqarolarning tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, aholining oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishdan iboratdir.

🔂Uchrashuv davomida fuqarolarga quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi:
🔂tomorqa yer uchastkalaridan maqsadli va oqilona foydalanish;
🔂tomorqa xo‘jaligida meva-sabzavot, poliz va dukkakli ekinlarni yetishtirish imkoniyatlari;
🔂issiqxona tashkil etish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish;
🔂tomorqa xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari;
🔂imtiyozli kreditlar va subsidiya olish tartiblari;
🔂aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini ko‘paytirishda tomorqa xo‘jaligining o‘rni;
🔂tomorqa yerlaridan unumli foydalanish orqali eksportbop va bozorbop mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlari.

🤔Shuningdek, deputat tomonidan mahallada tomorqa yerlaridan foydalanish holati o‘rganilib, ayrim xonadonlarda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotganligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan fuqarolarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bo‘sh turgan yer maydonlariga daromadli ekinlar ekish, intensiv bog‘lar tashkil etish va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

💙Muloqot davomida mahalla aholisining taklif va murojaatlari tinglanib, tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta’minlash, fuqarolarning daromadlarini oshirish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘rganish hamda targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1