Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
84-sonli maktabdagi qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati N.Mamarasulova tomonidan Yashnaobod mahallasi fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda kelib tushgan murojaatlar asosida mahalla hududida maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari dasturlar ijrosini o‘rganishda ishtirok etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov Buloqboshi MFYda bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S. Ishimova Lalmikor MFYdagi 18-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Deputat mahalladagi ijtimoiy hodim faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish — doimiy e’tiborda
янв.21
Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
“Turkman” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova tomonidan “Turkman” mahallasida faoliyat yuritayotgan “yettilik” a’zolarining ish jarayoni o‘rganildi.

 Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda hamkorlik tizimi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi. Ayniqsa, yoshlar bandligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish borasidagi ishlar muhokama markazida bo‘ldi.

Shuningdek, “yettilik” faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish orqali aholi farovonligini oshirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2