Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
84-sonli maktabdagi qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati N.Mamarasulova tomonidan Yashnaobod mahallasi fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda kelib tushgan murojaatlar asosida mahalla hududida maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan yuborilgan deputat so‘roviga Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Mazkur javobda “Lalmikor” mahallasidagi Farovon ko‘chasining 270 metr qismi shag‘allashtirilmay qolganligi natijasida yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planishi, yo‘lning loyga aylanishi hamda fuqarolar va transport harakatida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani o‘rganishlar davomida tasdiqlangani qayd etilgan.

Shuningdek, mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida ushbu ko‘cha 2026-yil manzilli dasturiga kiritilgani, tegishli mablag‘lar ajratilgach, yo‘lni shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan monitoring olib boriladi.