Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
#Deputatlik_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati 

# Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi

📌Hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari doimiy e’tiborda. Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati E.Peysenov tomonidan "Ko‘kmo‘yin" mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

🖋O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual ishlar, ularning muammolarini hal etish borasida ko‘rilayotgan choralar ham ko‘zdan kechirildi.

📖Deputat tomonidan yoshlar yetakchisining ish rejalari, hisobotlari va amalga oshirilgan loyihalar yuzasidan ma’lumotlar tinglanib, mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilindi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2