Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda doimiy komissiya raisi va a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar. Yig‘ilish kun tartibida 2 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, Parkent tumanida 2026-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash hamda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining suv xo‘jaligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti dastlabki tarzda muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 13-apreldagi 01-02/565-sonli murojaati ham yig‘ilishda ko‘rib chiqilib, mazkur masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 5