Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N. Nig‘matov tumanimizdagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat M. Berdiqulova hamda bo‘lim boshlig‘i bilan hamkorlikda maktab kutubxonasining bugungi holati, mavjud sharoitlari va faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida muassasa xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, kutubxonadagi kitoblar fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida muassasa xodimlarining muammo va takliflari tinglanib, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish muhimligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 2