Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi

🏘 Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 5- Toʻquvchilar saylov okrugi deputati Xusainov Abdixalik Nabiyevich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li “Boshliq” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududlarda o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi Egamberdiyev Dusmurod Eshmurodovich, hokim yordamchisi Safarov Fazliddin Xamid o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Xolnazarov Sarvar Ulug‘bek o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Rasulova Dilnoza Saidaliyevna, yoshlar yetakchisi Azamatov O‘ktam Isoq o‘g‘li, soliq inspektori Toshkentboyev Kamol Utkirovich hamda profilaktika inspektori Jurabayev Sunnatillo Muzaffar o‘g‘li bilan birgalikda, belgilangan 24 ta tavsiya asosida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi turmush sharoitlari, mavjud muammolar hamda ehtiyojlari joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida ichki ko‘chalarda tegishli yo‘l belgilarining mavjudligi, mahalla ko‘chalari yo‘llaridagi yoriqlarning o‘z vaqtida yamalganligi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi qurigan daraxtlarni kesish, qurigan shox-shabbalarni tozalash hamda hududni obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Mahalla bog‘laridagi sug‘orish tizimining ishlash jarayoni ham tekshirilib, mavjud kamchiliklar aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

✍️ Shuningdek, mazkur masalalar deputat nazoratidaligi eslatib o‘tildi.

🔸 “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda olib borilgan mazkur o‘rganish ishlari hududdagi muammolarni manzilli aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

✅ O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1