Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
Deputatga kelib tushgan murojaat o‘rganildi

Murojaatda mahalla raisi X. Tursunqulov boshchiligidagi faollar tomonidan Lolazor mahallasining Usta Quli ko‘chasida olib borilgan yo‘l qurilish ishlari natijasida ushbu ko‘chada joylashgan 22-xonadon piyodalar yo‘lakchasiga 3 metr chiqib ketgani sababli mazkur xonadon “snos”ga tushgani hamda shahar hokimligi balansiga olingani ma’lum qilingan.

Shuningdek, murojaatda mahalla markazi binosining eskirganligi bois, mahalla “yettiligi” a’zolari o‘z faoliyatini tor va noqulay sharoitda, bitta xonada olib borishga majbur bo‘layotgani qayd etilgan.

 Shu munosabat bilan murojaatchilar tomonidan mazkur 22-xonadonning qolgan qismini vaqtincha mahalla ehtiyojlari uchun foydalanishga ruxsat berish masalasi ko‘tarilgan.

 Deputat tomonidan mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qonuniy yechim topish bo‘yicha choralar ko‘riladi.