35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S. Ishimova tomonidan hududda aholi bilan ochiq muloqotlar olib borilib, fuqarolarning taklif va muammolarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov tomonidan tumandagi Olimlar mahallasida joylashgan “Aleya” bog‘i o‘rganildi.
янв.21
Deputat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish jarayoni bilan tanishdi
янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari kadastr sohasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Mirzabuloq mahallasidagi 2-sonli sport maktab binosi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Guliston mahallasidagi 57-sonli maktab
Deputat maktabda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.R. Qurbonova 10-“Saidlar” saylov okrugida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davomad, darslar sifati hamda ichki muhit holatini o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabda jami 803 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Shundan 446 nafari yoki 55,5 foizini qizlar tashkil etadi. O‘qituvchilarning 91,2 foizi xotin-qizlardan iborat.

O‘tgan o‘quv yilida maktabni tamomlagan 55 nafar bitiruvchining 58,2 foizi respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bo‘lsa, ulardan 22 nafari davlat OTMlariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Deputat N.R. Qurbonova yosh avlodni tarbiyalashda maktab, mahalla, ota-onalar hamda deputatlar hamkorligini kuchaytirish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan qator takliflar bildirdi.