Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”

“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”

Joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida, mamlakatimizda aholi va ayniqsa yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, sport - inson salomatligi va yuqori natijalar garovi bo‘lishi to‘g‘risida bildirilgan tahliliy fikrlari, bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish borasida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash, nazorat tadbirlarini olib borish maqsadida, Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi raisi X.Qayumov tumandagi 2-sonli sport maktabida bo‘lib, yoshlar uchun maktabida yaratilgan shart – sharoitlar, 2026-yildagi rejalar bilan tanishdi.  

Sport maktabining yutuqlari bilan birgalikda inson salomatligi va yosh sportchilar uchun xizmat qiladigan sport maydonlari, yugurish yo‘lakchalari, sport zali hamda sog‘lomlashtirish maydonchalarining ahvolini o‘rgandi. 

Sportning maktabdagi mavjud seksiyalarida faoliyat olib borayotgan pedagog-trenerlar bilan suhbatlashdi.

Keksalar, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Sport maktabining faoliyatini o‘rganish tadbiri ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/

Slide 1 of 8