Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yaxshilash maqsadida amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati K. Usmonov tomonidan Qangli mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfalt qilish loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ko‘mir sifati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qo‘ytoshda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Alamli mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
Jiydali mahallasi.
янв.21
Qo‘ytosh mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Qangli mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
Hududdagi muammolarni hal etish yuzasidan deputatlar va rahbarlar joyiga chiqdi

Hududdagi muammolarni hal etish yuzasidan deputatlar va rahbarlar joyiga chiqdi

Avval xabar qilinganidek, Termiz tuman hokimi o‘rinbosari F.Abjalov O‘zbekistom Mahallalari uyushmasining Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i R.Alixanov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda deputatlar Sh.Norsayev va G.Shafoatovalar Mustaqillik mahallasida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla “yettiligi” tomonidan qator muammolar deputatlar e’tiboriga havola etilgan edi. Xususan, Qo‘ng‘irot mahallasi bilan chegara hududida chiqindilar tashlab ketilishi holatlari yuzasidan amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlangan.

Mazkur o‘rganishning davomi sifatida, deputatlar Mahalla uyushmasi vakillari bilan birgalikda ushbu hududni yana bir bor ko‘zdan kechirdi. Chegara qismiga kuzatuv kameralarini o‘rnatish, ogohlantiruvchi belgilar qo‘yish hamda profilaktik reydlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar mutasaddi tashkilotlarga kiritilishi belgilandi. Ushbu masala alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, fuqarodan kelib tushgan murojaat yuzasidan tuman hududidagi maktabga borib, maktab ma’muriyati hamda mas’ullar ishtirokida ijobiy yechim topildi.

O‘rganishlar davom etmoqda va ko‘tarilgan masalalar bosqichma-bosqich bartaraf etilishi ta’minlanadi. Deputatlar tomonidan hududdagi muammolarni tizimli hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5