35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S. Ishimova tomonidan hududda aholi bilan ochiq muloqotlar olib borilib, fuqarolarning taklif va muammolarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov tomonidan tumandagi Olimlar mahallasida joylashgan “Aleya” bog‘i o‘rganildi.
янв.21
Deputat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish jarayoni bilan tanishdi
янв.21
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari kadastr sohasidagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Mirzabuloq mahallasidagi 2-sonli sport maktab binosi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta’minlanmoqda. Guliston mahallasidagi 57-sonli maktab
#Deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

#Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati

✍🏻Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev, shahar deputati A.Hamidov hamda Kengash huzuridagi "Yoshlar maslahati" guruhi raisi I.Omanboyev tomonidan hududdagi ijtimoiy xodimlarning ish faoliyati va nogironligi bor shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi holati o‘rganildi.

🖇O'rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

🔹Mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarning ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi ko‘zdan kechirildi.

🔹Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan dori-darmon, protez-ortopediya buyumlari hamda moddiy yordam pullarining o‘z vaqtida va manzilli yetkazilishi tekshirildi.

🔹Hudud deputati tomonidan nogironligi mavjud shaxslarga ijtimoiy yordam ko'rsatildi.

Slide 1 of 3