Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi

Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi

✅Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi Zoom platformasi orqali bo’lib o’tdi.

✅Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan muhokama o'tkazildi. 

⭐️Doimiy komissiya majlisida:

✍️ 1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 31-oktabrdagi “Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmi belgilash to‘g‘risida” 

VII-19-164-7-0-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

✍️2. Viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

✍️3. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;

✍️4. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

✍️5. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

✈️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 5