Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati S.Konkelov o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni o‘rganish maqsadida Mulkush mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlarining deputatlik so‘rovlari ijobiy yechim topdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida tumandagi 2-sonli texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov o‘z saylov hududida joylashgan 62-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ushbu ta’lim muassasasining sport zalida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
G‘allaorol tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Jamoatchilik nazorati
янв.21
Mehr ulashib
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Savruk qishlog‘ida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Saylovchilar bilan uchrashuv

Sharof Rashidov tumani Samarqand-quduq mahallasidan saylangan Jizzax viloyati Kengashi deputati Turdiyeva Olima Oqilovna, Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Yunusov To‘lqin, viloyat Kengashi bosh hisobchisi Abror Umarov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Akmal Raxmonov hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida Samarqand-quduq MFYda saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla fuqarolarining murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi. Har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Shuningdek, uchrashuv doirasida mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari — maktabgacha ta’lim tashkiloti, umumta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur muassasalarda olib borilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.

Slide 1 of 4