Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘allaorol tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Jamoatchilik nazorati
янв.21
Mehr ulashib
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Savruk qishlog‘ida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ichimlik suvi taʼminoti masalasini oʻrganmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Tozaurug‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasida oilaviy tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Gʻallaorol tumanida deputatlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi
#deputatmurojaati #natija

Aholi murojaatlari va deputatlik nazorati — muammolar yechimi poydevoridir.

🗓 Asos: 2026-yil 7-yanvar kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov tomonidan Ohangaron tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga 1-kx-435-26-sonli "Deputatlik murojaatnomasi" yuborilgan edi.

📍 Muammo: “Chambil” MFY hududidagi Tibbiyot texnikumi oldidan o‘tgan 10М134 “Olmaliq sh.-Telov q.-Obliq q.” avtomobil yo‘li o‘ta ta’mirtalab holatga kelib qolganligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

🏗 Natija: Dastlab mas’ul tashkilot yo‘lni 2027-yilgi dastur doirasida ta’mirlashni rejalashtirgan bo‘lsa-da, deputatning qat’iy talabi va sa’y-harakatlari natijasida ishlar tezlashtirildi. Kuni kecha mazkur yo‘lda ta’mirlash ishlari boshlanib, aholi murojaatiga amaliy yechim topildi.

Bu hudud aholisi, talabalar va haydovchilar uchun yaratilgan katta qulaylik bo‘ldi.