Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Savruk qishlog‘ida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ichimlik suvi taʼminoti masalasini oʻrganmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Tozaurug‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasida oilaviy tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Gʻallaorol tumanida deputatlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov va kotibiyat mudiri B.Qorajonov “Agro In Vitro” agrokorxonasiga tashrif buyurdi.
янв.21
Gʻallaorol tumanida suv ta’minoti tizimi faoliyati va qarorlar ijrosi nazorat-tahlil qilinmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari maktabdagi mukammal taʼmirlash jarayonlari bilan tanishdi
Termiz shahar "Bo‘ston" mahallasida deputatlar "Mahalla yettiligi" bilan tizimli muloqot o‘tkazdi

Bu galgi muloqot Termiz shahar “Bo‘ston” mahallasida bo‘lib, unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda shahar Kengashi deputati G.Abramatova ishtirok etdilar.

Muloqot davomida “Bo‘ston” mahallasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy va huquqiy masalalar, shuningdek, aholining kundalik turmushidagi kommunal, infratuzilma va bandlikka oid muammolar atroflicha o‘rganildi.

"Mahalla yettiligi" a’zolari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan deputatlarga hisobot berdi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi bandlik masalasi, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi hamda mahalladagi jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyat deputatlar e’tiborida bo‘ldi.

Muloqot yakunida "mahalla yettiligi" vakillari tomonidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijro holati deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 5