Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘allaorol tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Jamoatchilik nazorati
янв.21
Mehr ulashib
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Savruk qishlog‘ida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ichimlik suvi taʼminoti masalasini oʻrganmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Tozaurug‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasida oilaviy tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Gʻallaorol tumanida deputatlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi
📌Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

📌Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, mart oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

Hisobotlar va muhokamalar:

✍🏻shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hamda «Ijtimoiy daftarlar» jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli sarflanishini o‘rganish.

(Mas'ul: Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyada)

🔹shahar davlat kadastr bo‘limlarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish.

(Mas'ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyada)

🔹Shaharda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish hamda yakunlarini muhokama qilish.

(Mas'ul: Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyada )

🔹“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning ijrosini o‘rganish hamda natijalarini komissiya yig‘ilishida muhokama qilish.

(Mas'ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

🔹shaharda hunarmandchilikni rivojlantirish yuzasidan mavjud normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi holatini o‘rganish va natijalarini Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi bilan birgalikda muhokama qilish.

mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya

(Mas'ul: Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi va “Milliy tiklanish” DP guruhi,)

✅Kengashning asosiy vazifalari:

- Deputat so‘rovlarga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish.

- Deputatlar tomonidan saylovchilar oldida axborot berib borish holatini muhokama qilish.

- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va yangi qabul qilingan qonunlarning targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish.

- Mahalliy Kengash faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Kengash faoliyati yuzasidan tahliliy axborotlarni Kengash veb-saytiga joylashtirib borish.

🌐Ushbu tadbirlar mart oyi yakunigacha xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Slide 1 of 1