Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida
янв.21
Deputat tomonidan koʻtarilgan masala ijobiy yechim topdi.
янв.21
Gʻallaorol tumanida doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi doimiy komissiyalar majlislar xonasida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining tumandagi ijrosi doimiy komissiyada muhokoma etildi.
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati B.Narzullayevaning Gʻo‘bdin qishlog‘ida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari "BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘GʻRISIDA"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-139-son Qonunining tumandagi ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati S.Konkelov o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni o‘rganish maqsadida Mulkush mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlarining deputatlik so‘rovlari ijobiy yechim topdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida tumandagi 2-sonli texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV

DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV

3-Yangiqurilish saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sapayev Zafar Jumanazarovich mahalla fuqarolar yig‘ini “yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Unda mahallada jinoyatchilikning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar hamda xotin-qizlar bilan ishlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, 12-son oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahalla fuqarolarini qizamiq hamda boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash jarayonining borishi yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar joyida o‘rganildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

Slide 1 of 4