Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida
янв.21
Deputat tomonidan koʻtarilgan masala ijobiy yechim topdi.
янв.21
Gʻallaorol tumanida doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi doimiy komissiyalar majlislar xonasida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining tumandagi ijrosi doimiy komissiyada muhokoma etildi.
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati B.Narzullayevaning Gʻo‘bdin qishlog‘ida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari "BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘GʻRISIDA"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-139-son Qonunining tumandagi ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati S.Konkelov o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni o‘rganish maqsadida Mulkush mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlarining deputatlik so‘rovlari ijobiy yechim topdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida tumandagi 2-sonli texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan ochiq muloqotda yoshlar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch sifatida e’tirof etilgani – yoshlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini yana bir bor tasdiqladi. 

Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishi, kredit limitlarining oshirilishi, “Kelajak tadbirkori” dasturining ishga tushirilishi bu faqat moliyaviy yordam emas, balki yoshlarga bo‘lgan ishonch ifodasidir.

Deputat sifatida ushbu uchrashuvni yoshlar hayotida yangi imkoniyatlarga erishishi uchun muhim siyosiy muloqot deb baholayman. Eng muhimi, yoshlar muammolari ochiq eshitilib, ularning taklif va tashabbuslari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani xalqchil va ochiq boshqaruv tamoyilining amaliy ifodasidir.

H.Hazratqulov
Zomin tuman Kengashi deputati