Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi doimiy komissiyalar majlislar xonasida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining tumandagi ijrosi doimiy komissiyada muhokoma etildi.
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati B.Narzullayevaning Gʻo‘bdin qishlog‘ida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari "BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘GʻRISIDA"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-139-son Qonunining tumandagi ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati S.Konkelov o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni o‘rganish maqsadida Mulkush mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlarining deputatlik so‘rovlari ijobiy yechim topdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida tumandagi 2-sonli texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov o‘z saylov hududida joylashgan 62-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ushbu ta’lim muassasasining sport zalida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
G‘allaorol tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisi, 25-okrugdan saylangan deputat Sh. Dadaboyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Ajrimga hudud deputati befarq emas!

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisi, 25-okrugdan saylangan deputat Sh. Dadaboyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir holat yuzasidan huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar berildi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi yig‘ilishida ajrim yoqasidagi Sh.Fozilov va N.Fozilova oilasi masalasi ko‘rib chiqilib, oilani saqlab qolish maqsadida tomonlarga o‘ylab ko‘rishlari uchun muayyan muddat berildi.

Deputat tomonidan oilalarni asrash, farzandlar manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

📌 Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash va muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1