35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVI FAOLIYATI O‘RGANILDI

SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI DAVLAT ARXIVI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan Termiz tuman Shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi faoliyati hamda Kengashga biriktirilgan tashkilotlarda arxiv ishlarini yuritish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni jamlash, tartibga keltirish, hisobga olish, saqlash va belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda ma’qullangan.

Shuningdek, arxiv hujjatlarining butligi va saqlanishi, fuqarolarning mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni izlash hamda ularga zarur arxiv ma’lumotlarini taqdim etish holati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda yuritish, saqlash va topshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 6