35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
CHAMANZOR MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATI OSTIDA BARTARAF ETILDI

#Deputatlik_nazorati #deputat_daftari

CHAMANZOR MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATI OSTIDA BARTARAF ETILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan “12-Nazarbek” saylov okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan saylov okrugi hududidagi mahallalarda mavjud muammolarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

📝 Ana shunday o‘rganishlar davomida Chamanzor mahallasida mavjud muammoli vaziyat aniqlanib, deputat tomonidan nazoratga olingan va “Deputat daftari”ga qayd etilgan edi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

✅ Bugungi kunda esa ushbu muammo to‘liq bartaraf etilganligi o‘rganilib, natijasi deputat tomonidan qayd etib qo‘yildi. Bu kabi amaliy ishlar deputatlik faoliyatining asosiy mazmuni — fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, masalani nazoratga olish va ijobiy natijaga erishish tamoyiliga asoslanganini ko‘rsatadi.

🤝 Zero, deputatning faoliyati faqat muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi. Eng muhimi — murojaat ortida turgan inson manfaatini ta’minlash va ko‘tarilgan masalaning amaliy yechimini ko‘rishdir.

📈 “Deputat daftari”ga kiritilgan har bir masala — e’tibor, nazorat va natijani talab qiladi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish ishlari izchil davom ettiriladi.

Muammo qayd etildi — nazoratga olindi — yechim topildi! ✅

Slide 1 of 3