Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
QURILISHDA SIFAT MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ijtimoiy obyektlardagi qurilish va obodonlashtirish jarayonlari muntazam o‘rganib borilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 8-Maorif saylov okrugi deputati B.Obidov saylov okrugi hududidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlarini yaqindan o‘rgandi.

Mazkur maktab hududidagi bo‘sh turgan maydonda qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 16-apreldagi VII-23-28-11-168-K/26-son qarori bilan Tashabbusli budjetning 2026-yil birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan ushbu loyihaning qiymati 1 milliard 630 million so‘mni tashkil etadi. Yangi bino maktabning o‘quv imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish davomida deputat tomonidan qurilishning nafaqat umumiy borishi, balki uning sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim jihatlarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, beton konstruksiyalar orasiga joylashtirilayotgan armaturalarning holati, ularning o‘zaro bog‘lanishi va loyiha talablariga muvofiq bajarilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Zero, qurilishda armatura beton konstruksiyaning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishida muhim omillardan biridir. Shu sababli uning joylashuvi, himoya qatlami, bog‘lanish sifati yoki loyiha talablaridan chetga chiqish kabi holatlar keyinchalik jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Tashqi ko‘rinishi chiroyli va qurilish sur’ati yuqori bo‘lgani bilan ish bitmaydi — eng muhimi, obyektning ichki konstruksiyasi ham belgilangan me’yor va talablar asosida bajarilishi lozim.

Deputat tomonidan qurilish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli talab va tavsiyalar bildirilib, ishlarni amalga oshirishda loyiha hujjatlari va qurilish me’yorlariga qat’iy rioya etish, ayniqsa, betonlash ishlari boshlanishidan oldin armaturalarning joylashuvi va konstruktiv yechimlari tegishli mutaxassislar tomonidan sinchiklab nazorat qilinishi zarurligi ta’kidlandi.

Tashabbusli budjet mablag‘lari — fuqarolarning ovozi va ishonchi asosida shakllangan mablag‘. Shu bois g‘olib loyihalarni amalga oshirishda asosiy mezon faqat mablag‘ning o‘zlashtirilishi yoki ishlarning tez yakunlanishi emas, balki sarflangan har bir so‘mga yarasha sifatli va uzoq xizmat qiladigan obyekt barpo etilishi bo‘lishi kerak.

Mazkur qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olinib, loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va xavfsiz bajarilishi bo‘yicha o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5