Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
янв.21
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi
янв.21
«Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kubogi» mini-futbol musobaqasining g‘olibi aniqlandi
янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan o‘zi saylangan hududda fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda “Bo‘rsiliq” mahallasining “Samarobod” ko‘chasida yashovchi fuqarolar bilan muloqot qilinib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.Muloqot davomida ko‘cha faollari va fuqarolar tomonidan ko‘chadagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilib, foydalanish muddati o‘tgan va eskirgan simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish zarurligi bildirildi. Xususan, ko‘chadagi 10 ta eski simyog‘och eskirib, chirishi natijasida yaroqsiz holga kelganligi fuqarolar tomonidan ma’lum qilindi.Mazkur holat, avvalo, aholining elektr energiyasidan xavfsiz va barqaror foydalanishini ta’minlash, shuningdek, eskirgan elektr tarmoqlari bilan bog‘liq noqulayliklarning oldini olish nuqtayi nazaridan muhim ekani ta’kidlandi.Deputat tomonidan bildirilgan murojaat tegishli tartibda o‘rganilib,aniqlangan masalani mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish,uning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolar murojaatining ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi. Mazkur masala hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritilib, uni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat etish belgilandi.Bunday uchrashuvlar hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Slide 1 of 3